Yangiliklar

26 May 2025

Xodimlar sportning yengil atletika yoʻnalishi boʻyicha bellashdi

Termiz shahridagi "Alpomish" oʻyingohida Surxondaryo viloyati Qoʻriqlash boshqarmasi xodimlari oʻrtasida sportning yengil atletika turi boʻyicha Qoʻriqlash boshqarmasi boshligʻi kubogi musobaqasi boʻlib oʻtdi.
Unda barcha shahar va tumanlardan jami 80 nafar xodimlar ishtirok etib, yengil atletika turlari boʻyicha oʻzlarining mahoratlarini sinovdan oʻtkazdilar. Musobaqa jarayonida ishtirokchilarning 100 metr va 3 kilometr masofaga belgilangan vaqt oraligʻida yetib kelish, shuningdek, uzunlikka sakrash yoʻnalishlarida jismoniy harakatlari baholanib borildi.
Yakunda har bir yoʻnalish turlari bilan birga umumjamoa hisobida yuksak natijalar bilan faollik koʻrsatgan musobaqa gʻoliblari ham aniqlandi. Unga koʻra 3 oʻrinni Sariosiyo tumani Qoʻriqlash boʻlimi jamoasi egallagan boʻlsa, 2 oʻrin Jarqoʻrgʻon tumani Qoʻriqlash boʻlimi xodimlariga nasib etdi. Faxrli 1 oʻrinni esa Boysun tumani Qoʻriqlash boʻlimi jamoasi qoʻlga kiritdi.
Gʻolib va sovrindorlar boshqarma boshligʻi kubogi, diplom, medal va qimmatbaho sovgʻalar bilan munosib taqdirlandi.