Mintaqaviy oʻquv markazi tinglovchilarini qonunchilikdagi yangiliklar bilan tanishtirish va mazmun-mohiyatini yetkazish maqsadida seminar mashgʻuloti tashkil etildi
Toshkent mintaqaviy oʻquv markazi tinglovchilarining huquqiy bilim saviyasini oshirish hamda 2025 yilning 18 avgustdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga mahallalarda jinoyatchilikning barvaqt oldini olish tizimi natijadorligini yanada oshirishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” Qarorining mazmun-mohiyatini yetkazish maqsadida seminar mashgʻuloti tashkil etildi.
Mazkur tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi IIV Malaka oshirish instituti Maxsus-kasbiy fanlar kafedrasi professori, polkovnik Z.Umarov va kafedra dotsenti podpolkovnik J.Kenjayevlar ishtirok etishdi. Soʻzga chiqqanlar hujjatning asosiy qoidalarini batafsil tahlil qilib, yangiliklar va ularning amaliy ahamiyatiga eʼtibor qaratdilar. Jinoyatchilikning barvaqt oldini olish boʻyicha mahalla tizimini takomillashtirish va belgilangan vazifalarni amalga oshirish mexanizmlariga alohida eʼtibor qaratildi. Bundan tashqari, tinglovchilarga hujjatning kompleks tahlili taqdim etildi, mavjud tizimni modernizatsiya qilishning asosiy yoʻnalishlari va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari oldida turgan ustuvor vazifalar yoritildi.
Seminarning amaliy qismi dolzarb masalalarni interfaol muhokama qilishni oʻz ichiga oldi, bunda har bir ishtirokchi oʻzini qiziqtirgan jihatlarni batafsil tushunish imkoniyatiga ega boʻldi.