Xizmat intizomiga rioya qilish boʻyicha navbatdagi uchrashuv oʻtkazildi
Xodimlar orasida xizmat intizomiga rioya qilish, fuqarolar bilan xushmuomalada boʻlish, jinoyat va huquqbuzarliklarni keskin kamaytirish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, Navoiy viloyati Qoʻriqlash boshqarmasi rahbariyati hamda shaxsiy xavfsizlik masʼullari ishtirokida xodimlar bilan ayni shu masalalarda uchrashuv oʻtkazildi. Unda soʻz olganlar, xodimlar tomonidan sodir etilayotgan huquqbuzarliklar, ularning kelib chiqish sabablari, xizmat intizomiga rioya qilishlari, xizmat vazifasiga kirmaydigan turli xil masalalarga aralashmasliklari, korrupsion holatlarga yoʻl qoʻymasliklari yuzasidan alohida toʻxtalib oʻtdilar.
Bundan tashqari shaxsiy avtotransport vositalari mavjud xodimlarga ham yoʻl harakati qoidalariga amal qilishlari, avtotransport vositalarini oʻz vaqtida texnik koʻriklardan oʻtkazib turishlari haqida ogohlantirildi.
Yakunda esa barcha masʼullarga qoʻl ostidagi shaxsiy tarkibga mazkur masalalarning toʻliq mazmunini yetkazishlari boʻyicha topshiriqlar berildi.