Sirdaryo viloyati "Qoʻriqlash" boshqarmasida xodimlar bilan shukronalik, vatanparvarlik, muomala madaniyati, ishga sadoqat tuygʻularini yuksaltirish, xizmat intizomini mustahkamlash yuzasidan davra suhbati tashkil etildi
Ushbu davra suhbatida Milliy gvardiya "Qoʻriqlash" bosh boshqarmasi Tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar boʻlimi boshligʻi polkovnik S.K.Xabibullayev, "Qoʻriqlash" boshqarmasi rahbariyati va shahar-tuman "Qoʻriqlash" boʻlimlari xodimlari ishtirok etishdi.
Soʻz olganlar xodimlarning ijtimoiy-huquqiy himoyasini taʼminlash, shaxsiy tarkibni hayotini va sogʻligini asrashda barcha mansabdor shaxslarni masʼuliyatini oshirish, xizmat intizom buzilishi holatlarini oldini olish, avtotransport vositalarini notoʻgʻri boshqarish oqibatida sodir boʻlayotgan yoʻl transport hodisalari, firibgarlik va tamagirlik qilmaslik, shaxsiy tarkibi bilan muomala madaniyati, shukronalik, vatanparvarlik va sadoqat tuygʻularini yuksaltirish, xizmat intizomni mustahkamlash, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldinini olish, tavakkalchilikka asoslangan onlayn qimor oʻyinlariga yoʻl qoʻymaslik va unining salbiy oqibatlari oldini olish maqsadida profilaktik suhbat oʻtkazildi.
Shuningdek oʻtgan davr mobaynida xizmat intizomini buzish holatlari, xodimlar tomonidan yoʻl qoʻyilgan xato va kamchiliklarni oldini olish choralari hamda ularning huquqiy madaniyatini yuksaltirish haqida soʻz yuritildi.