Yangiliklar

27 Mart 2023

SHAXSIY TARKIB BILAN OCHIQ MULOQOTLAR O‘TKAZILDI

Milliy gvardiya "Qo‘riqlash" bosh boshqarmasi va uning hududiy bo‘linmalaridagi xodimlarning ma’naviy-ma’rifiy tayyorgarligini mustahkamlash maqsadida bugun videokonferens aloqa tarzida “Islom asoslarini g‘arazli maqsadlarda buzuq talqin qilish: Haqiqat va iddao” hamda “Xodimlar orasida diniy radikallashuvni hamda tashqi ig‘volarni oldini olishni kuchaytirish” mavzularida ochiq muloqotlar tashkil etildi.

So‘z olganlar islom aqidalarining ijtimoiy tarmoqlar orqali buzib ko‘rsatilayotganligi, radikallashgan guruhlar orqali sof islom mohiyatini shaxsiy manfaatlar yo‘lida buzib ko‘rsatishga urinish kabi salbiy holatlarning uchrayotganligini alohida e’tirof etdilar.

Shu bilan birga, xodimlarning diniy qadriyatlarga asoslangan qarashlarini mustahkamlash, taroveh nomozlarini ado etayotgan fuqarolarning tinchligi va xotirjamligini ta’minlashda xizmat qilayotgan tinchlik posbonlarining fidokorona faoliyati uchun katta savob boriligi ta’kidladilar.

Tashkil etilgan muloqotlar qiziqarli savol-javoblarga ham boy tarzda o‘tdi. Ushbu ochiq muloqotlardagi asosli fikrlar “Qo‘riqlash” xizmatining har bir xodimiga yetib borishi uchun eng olis hududlardagi xodimlar ham ushbu davra suhbatiga jalb etib, bilimlari va ko‘nikmalari mustahkamlandi.