Yangiliklar

20 Avgust 2025

“KORRUPSIYA – taraqqiyot kushandasi” mavzusida seminar mashgʻuloti oʻtkazildi

Toshkent mintaqaviy oʻquv markazi shaxsiy tarkibi va tinglovchilari oʻrtasida xizmat intizomi va qonunchilikni mustahkamlash, huquqiy bilim saviyalarini yanada oshirish hamda Huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni munosabati bilan Shayxontohur tuman prokuraturasi masʼul xodimlari ishtirokida “KORRUPSIYA – taraqqiyot kushandasi” mavzusida seminar mashgʻuloti oʻtkazildi.

Seminar davomida maʼruzachilar tomonidan, korrupsiya davlatning turli sohalariga jumladan siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy jabhalarida amalga oshirilayotgan islohotlarga hamda mamlakatning xalqaro maydondagi imidjiga salbiy taʼsir koʻrsatishi, bu kabi holatlarga nisbatan har bir xodim murosasiz munosabatda boʻlishi lozimligi yetkazildi.

Shuningdek, bu kabi holatlardan har bir xodim oʻziga tegishli xulosa qilishi, har qanday qonun buzilishi holatiga jazo muqarrar ekanligi, shu sababli turli salbiy holatlarga yoʻl qoʻymaslik, xizmat va xizmatidan tashqari vaqtda boʻlishdan qatʼiy nazar xizmat intizomi va qonunchilikka toʻla rioya etish, noqonuniy ishlar bilan shugʻullanmaslik, xizmat vazifasiga masʼuliyat bilan yondashish, fuqarolar bilan xushmuomalada boʻlish va nomunosib xatti-harakatlarni sodir etmaslik borasida tegishli tushuntirish ishlari olib borildi.