Yangiliklar

17 Iyul 2023

SAMIMIY RUXDA TASHKIL ETILGAN UCHRASHUV

Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida tahsil olayotgan tinglovchilarda vatanparvarlik tuyg‘ularini kuchaytirish, ularni ona vatanga mehrini oshirish, daxldorlik hissi bilan muqaddas zaminning tinchligi yo‘lida kamarbasta bo‘lish kabi sharafli vazifani tanlangan yigitlar uchun ochiq muloqot tashkil etildi.

“Mehnat shuhrati” ordeni sohibasi, falsafa fanlari doktori Shermuhammedova Jamila Toshpulotovna o‘z hayotiy tajribasidan kelib chiqib yosh tinchlik posbonlariga sermashaqqat xizmatlarida duch kelishi mumkin bo‘lgan turli mashaqqatlarni oson yengish usullari, xizmatda uchraydigan salbiy holatlarni bosiqlik bilan hal etish, fuqarolar bilan muomala madaniyatini kuchaytirish hamda ularga so‘z orqali ta’sir o‘tkazish, nizoli vaziyatlarda kelishuvga erishish yo‘llari haqida ham asosli fikrlar bildirdi.

Samimiy muloqotlar dildan suhbatga aylanib, fidoyi yigitlarning zahmatli mehnatlari yuqori baholanib, oilasi va yurt tinchligiga kamarbasta bo‘layotgan ushbu tinglovchilarning kelgusi ishlarida bundan ham marrani katta olishlari lozimligi e’tirof etildi.