RUXIY SALOMATLIK – XIZMAT SAMARADORLIGINING GAROVI
Samarqand viloyati "Qo‘riqlash" boshqarmasi psixologlari tomonidan tizimda xizmat qilayotgan xodimlarning psixologik bilimlarini oshirish, xizmat faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yish, sezgirlikni oshirish va xotirani mustahkamlashga qaratilgan navbatdagi trening mashg‘ulotlari tashkil etildi.
"Guruhda iliq psixologik iqlim yaratish" mavzusidagi mazkur treningda jamoa bilan ishlashni samarali tashkil etishga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, psixolog mutaxassislar xodimlarning ichki kechinmalarini, ruhiy holatlarini, xarakter va xususiyatlarini o‘rganishdi, ularning xizmatga oid bilim saviyasini sinovdan o‘tkazishdi.
Bu kabi amaliy ishlar xodimlarning yanada samarali xizmat olib borishlari, hamda ulardagi shaxsiy fazilatlarning mustahkamlanishiga, safdoshlar bilan o‘zaro hurmat va do‘stona munosabatlarni shakllantirishga xizmat qiladi.