Qashqadaryo viloyati Qoʻriqlash boshqarmasi xodimlari va ularning oila aʼzolari uchun boshqarma rahbariyati tomonidan sayyor qabul tashkil etildi
Bugun xodimlar va ularning oila aʼzolarini ijtimoiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash, mavjud muammolarini oʻrganish va hal etish maqsadida Qashqadaryo viloyati Qoʻriqlash boshqarmasi xodimlari va ularning oila aʼzolari uchun boshqarma rahbariyati tomonidan sayyor qabul tashkil etildi.
Mazkur tadbirda har bir xodim va oila aʼzolarining taklif va murojaatlari tinglandi. Xodimlarning oila aʼzolari bandligini taʼminlashga koʻmaklashish, imtiyozli kredit olish hamda boshqa ijtimoiy masalalar hamda mavjud muammolarni yechishga qaratildi. Barcha kelib tushgan savollar hamda murojaatlar mutasaddilarga yoʻnaltirilib, ularga yechim topish boʻyicha zaruriy koʻrsatmalar berildi.
Sayyor qabul jarayonida 30 ta murojaat tinglanib, murojaatlarni 10 tasi joyida hal qilingan boʻlsa, 15 tasiga esa tushuntirishlar berildi.
Bunday sayyor qabullar rahbariyatning shaxsiy tarkibga gʻamxoʻrligini koʻrsatadi va xodimlarning samarali xizmat faoliyati uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan.