Yangiliklar

18 Iyul 2023

RIVOJLANISH VA TARAQQIYOT RIVOJIGA TO‘SIQ BO‘LGAN ILLATLARNING OLDINI OLISH BO‘YICHA MULOQOTLAR TASHKIL ETILDI

Korrupsiya — shaxsning o‘z mansab yoki xizmat mavqeidan shaxsiy manfaatlarini yoxud o‘zga shaxslarning manfaatlarini ko‘zlab moddiy yoki nomoddiy naf olish maqsadida qonunga xilof ravishda foydalanishi, xuddi shuningdek bunday nafni qonunga xilof ravishda taqdim etishi hisoblanib Milliy gvardiya tizimlarida ushbu salbiy illatga qarshi izchil kurash olib borish tizimi yo‘lga qo‘yilgan.

“Qo‘riqlash” xizmati tizimlarida korrupsion va tamagirlik holatlarining oldini olish va bu kabi salbiy illatlarning sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlarni bartaraf etish maqsadida doimiy tizimli say-harakatlar amalga oshirilib kelinmoqda.

Surxondaryo, Andijon, Namangan, Sirdaryo viloyat “Qo‘riqlash”  boshqarmalarining hududiy shahar-tuman "Qo‘riqlash" bo‘limlarida xizmat olib borayotgan shaxsiy tarkib hamda Milliy gvardiya Farg‘ona mintaqaviy o‘quv markazida tahsil olayotgan tinglovchilar ishtirokida videokonferensiya tarzida "Korrupsiya – jamiyat kushandasi" mavzusidagi yig‘ilish o‘tkazildi.

Tinchlik posbonlariga korrupsiya – bu hozirgi vaqtda dolzarb muammolardan biri ekanligi, uni kelib chiqish sabablari, qanday qilib uni oldini olish bo‘yicha asosli fikrlar bildirib, xizmat davomida yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklar, ushbu illatni keltirib chiqaruvchi omillarga birma-bir to‘xtalib, faoliyati davomida xatoliklarga yo‘l qo‘ygan xodimlarning hatti-harakatlari tanqidiy muhokama qilindi.

Shundan so‘ng, bugungi kunda tamagirlik holatlari bo‘yicha turli sohalarda va ushbu sohada qo‘pol xatolarda yo‘l qo‘ygan harbiy xizmatchi va xodimlarga nisbatan ko‘rilgan choralar aks etgan videoroliklar namoyish etildi.

Shuningdek, yig‘ilish so‘ngida xodimlarning huquqiy bilimlarini muntazam oshirib borish, qonunchilikdagi o‘zgarishlardan ularni xabardor etish masalasiga ham e’tibor qaratilib, yurtimizdagi tinchlik va osoyishtalikni saqlash – eng oliy burch ekanligi xodimlarga yana bir bor tushuntirib o‘tildi.