Yangiliklar

8 Avgust 2025

Hududlarda kriminogen vaziyatni tahlil qilish maqsadida oʻrganishlar davom ettirilmoqda

Muqaddam xabar qilinganidek, Bosh prokurorning birinchi oʻrinbosari B.Valiyev rahbarligidagi ishchi guruhi tomonidan Prezidentning 03.01.2025 yildagi PQ-1-son qarori ijrosi hamda hududlarda kriminogen vaziyatni tahlil qilish faoliyati amaliy yordam koʻrsatgan holda oʻrganishlar Xorazm viloyatida davom ettirilmoqda.

Xususan, Urganch shahrida mazkur Qaror ijrosini taʼminlash boʻyicha tasdiqlangan “yoʻl xarita”larida belgilangan vazifalardan kelib chiqib amalga oshirilayotgan manzilli chora-tadbirlarni samaradorligi “Navbahor” mahallasi misolida oʻrganildi.

Mahallada “namunali xavfsiz koʻcha” va “namunali xavfsiz yoʻlak” tamoyiliga asosan jinoyatchilikni barvaqt oldini olish, huquqbuzarliklarga qarshi keskin kurashish, jamoat tartibini saqlash, fuqarolar xavfsizligini taʼminlash, mahallalarda xavfsiz muhitni taʼminlash, jinoyatlardan xoli hududga aylantirish maqsadida videokuzatuv kameralari va tashvish tugmalari oʻrnatish ahvoli oʻrganilib, bu boradagi ishlarni jadallashtirish “yoʻl xarita”larida belgilangan tadbirlar ijrosini oʻz muddatlarida sifatli taʼminlash yuzasidan topshiriqlar berildi.

Oʻrganishlar davom etmoqda.