Yangiliklar

5 Iyul 2025

"Kiberjinoyatga kurashish dolzarb mavzu" mavzusida viloyat boʻylab targʻibot tadbirlari oʻtkazilmoqda

Bugungi kunda global axborot maydonida kibermakon bilan bogʻliq yangidan-yangi tahdidlar yuzaga kelmoqda. Shu bois virtual olamdagi hujumlardan himoyalanish masalasi dunyo hamjamiyatini jiddiy tashvishga solmoqda. Kuni kecha Qashqadaryo viloyati IIB TQX Axborot texnologiyalari bilan bogʻliq jinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasi hamda Qoʻriqlash boshqarmasi hamkorligida "Kiberjinoyatga kurashish dolzarb mavzu" mavzusida viloyat boʻylab targʻibot tadbirlari oʻtkazildi.

Tadbirlarda kiberjinoyatlarga qarshi kurashishning zamonaviy tendensiyalari, internet tarmogʻi orqali sodir etilayotgan qonunbuzarliklarning oldini olish, sohaning huquqiy asoslarini mustahkamlash, axborot texnologiyalaridan foydalanib amalga oshirilgan jinoyatlarni kriminalistik tadqiq etish, fosh etish va tergov qilishning oʻziga xos xususiyatlari, kiberxavfsizlikni taʼminlashda davlat idoralari va xususiy sektorlar hamkorligini muvofiqlashtirish borasida fikr-mulohazalar bildirildi.

Shuningdek xorijiy davlatlarning kiberjinoyatlarga qarshi kurashish sohasi boʻyicha malakali mutaxassislarini tajriba almashishga jalb etish, kiberxavfsizlikni taʼminlashga qaratilgan chora-tadbirlar samaradorligini oshirish, kelgusida ushbu turdagi jinoyatlarni fosh etish va tergov qilish boʻyicha alohida ixtisoslik yoʻnalishi tashkil etib, malakali mutaxassis kadrlarni tayyorlash yuzasidan takliflar oʻrtaga tashlandi.