Yangiliklar

26 Noyabr 2025

Is gazidan zaharlanish holatlarini oldini olishga qaratilgan oʻquv mashgʻuloti oʻtkazildi

Namangan viloyati Qoʻriqlash boshqarmasi hamda uning hududiy boʻlimlarida xizmat olib borayotgan xodimlar uchun Favqulodda vaziyatlar profilaktikasi oyligi doirasida navbatdagi oʻquv mashgʻuloti tashkil etildi.

Ushbu mashgʻulot Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi mutaxassislari ishtirokida oʻtkazilib, is gazidan zaharlanish holatlarini oldini olish va uning profilaktikasiga bagʻishlandi.

Tadbir davomida mutaxassislar is gazining xususiyatlari, uning inson salomatligiga xavfli oqibatlari, zaharlanish alomatlari hamda bunday holatlarda birinchi tibbiy yordam koʻrsatish tartibi haqida batafsil maʼlumot berdilar.

Shuningdek, is gazi kelib chiqishining oldini olish uchun mavsumiy xavfsizlik qoidalari — isitish moslamalaridan toʻgʻri foydalanish, xonalarni muntazam shamollatib borish, texnik xizmat koʻrsatish qoidalariga rioya qilish kabi muhim tavsiyalar qayd etildi.