Kasaba uyushmalari kuni munosabati bilan tadbir oʻtkazildi
11 noyabr kuni – Kasaba uyushmalari kuni munosabati bilan Andijon viloyati Qoʻriqlash boshqarmasida maʼrifiy tadbir tashkil etildi. Tadbirda xodimlarga kasaba uyushmasining jamiyatdagi oʻrni, uning asosiy vazifa va maqsadlari, shuningdek, aʼzolarning mehnatga oid, ijtimoiy-iqtisodiy huquq va manfaatlarini himoya qilishdagi ahamiyati haqida batafsil maʼlumot berildi.
Qayd etilganidek, kasaba uyushmasi — fuqarolarning oʻz faoliyati yoki oʻqish turi boʻyicha umumiy kasbiy manfaatlari bilan bogʻliq boʻlgan, ularning mehnatga oid hamda boshqa ijtimoiy-iqtisodiy huquq va manfaatlarini ifodalash va himoya qilish maqsadida tuziladigan, oʻz ustavi asosida faoliyat yuritadigan ixtiyoriy jamoat birlashmasidir.
Tadbir davomida xodimlar kasaba uyushmasi faoliyati orqali beriladigan imkoniyatlar, imtiyozlar va huquqiy kafolatlar bilan ham tanishtirildi. Shu bilan birga, uyushma aʼzolari uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash mexanizmlari haqida fikr almashildi.