MUAMMOLAR MUHOKAMALAR MARKAZIDA
Tashkilot va muassasalarda faoliyat olib borayotgan har qanday xodim uchun xizmat intizomiga to‘laqonli rioya qilish asosiy vazifalardan sanaladi. Xizmatda uning samarali tashkil etilishi uchun avvalo intizom, tartib yo‘lga qo‘yilgan bo‘lishi lozim.
Shu boisdan kuni kecha Sirdaryo viloyat "Qo‘riqlash" boshqarmasida tuman-shahar "Qo‘riqlash" bo‘limlarida faoliyat olib borayotgan xodimlar uchun xizmat intizomi yuzasidan navbatdagi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Unda Milliy gvardiya markaziy devoni mas’ullari va "Qo‘riqlash" boshqarmasi rahbariyati hamda tuman shahar "Qo‘riqlash" bo‘limlaridan videoselektor tarzida shaxsiy tarkib ishtirok etdi.
Yig‘ilishda "Qo‘riqlash" xizmati xodimlari o‘rtasida bugungi kunda kuzatilayotgan kamchiliklar yuzasidan videorolik namoyish etilib, muammolar muhokama etildi. Shuningdek, muammolarini bartaraf etishga qaratilgan chora-tadbirlar belgilab olindi va xizmat intizomi buzilishini oldini olish va ijrochilik intizomiga rioya qilish borasida ochiq muloqotlar, davra suhbati tashkil etildi.
Ochiq muloqotlar davomida xodimlarga xizmat va shaxsiy avtotransport vositasini boshqarishda qonun buzilish holatlariga, korrupsiyaga qarshi kurashish va xodimlar tomonidan xizmat intizomi va kamchiliklarga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha tushuntirish ishlari hamda profilaktik suhbatlar ham olib borildi.