Sirdaryo viloyati Qoʻriqlash boshqarmasi xodimlarining Qatagʻon qurbonlari xotirasi muzeyiga sayohati
Sirdaryo viloyati Qoʻriqlash boshqarmasi tomonidan xodimlar uchun sayohatlar muntazam ravishda tashkil etib kelinmoqda. Bunday tashriflardan koʻzlangan asosiy maqsad — xodimlarning tarixiy bilimlarini oshirish, dunyoqarashini kengaytirish hamda ajdodlarimiz bosib oʻtgan shonli yoʻllar bilan yaqindan tanishtirishdan iboratdir.
Shu maqsadda xodimlar Guliston davlat universiteti tarkibida faoliyat yuritayotgan Qatagʻon qurbonlari xotirasi muzeyiga tashrif buyurishdi. Sayohat davomida ular Sirdaryo viloyatida yashagan va faoliyat yuritgan fidoyi insonlar hayoti hamda ularning Vatan ozodligi, erkinligi va mustaqilligi yoʻlidagi kurashlari bilan yaqindan tanishdilar.
Bunday tadbirlar xodimlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda muhim rol oʻynaydi, avlodlar oʻrtasidagi aloqani mustahkamlaydi va milliy merosga chuqur hurmatni shakllantirishga yordam beradi. Ular tarixiy haqiqatni asrab-avaylash, jamiyat barqaror rivojlanishining poydevori sifatida oʻtmishga ehtiyotkorona munosabatda boʻlish muhimligini eslatadi.