Yangiliklar

14 Sentyabr 2024

Vatan himoyasi yoʻlida oʻz jonini fido qilgan mard oʻgʻlonlar xotirasi hamisha barhayot!

Kelajagimiz vorislarini ona Vatanga sadoqat, milliy qadriyatlarimizga hurmat ruhida tarbiyalash, yoshlar qalbida mardlik, jasurlik, shijoat va matonat tuygʻularini kamol toptirish bugungi kundagi muhim vazifalardan biri sanaladi.
Shu sababli umumtaʼlim maktablarida vatanparvarlik soatlari tashkil etilib, Vatanimiz tinchligini asrash yoʻlida olib borilayotgan islohotlar va bu saʼy-harakatlardan koʻzlangan ulugʻvor maqsadlar xususida maʼlumotlar berib boriladi.
Ularning qahramonliklarini yoshlarga ibrat sifatida koʻrsatish esa kelajagimiz egalarining vatanparvarlik ruhini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Shu maqsadda "Qoʻriqlash" boshqarmasi rahbariyati hamda Milliy gvardiya Faxriylar kengashi raisi ishtirokida xizmat vaqtida vafot etgan marhum xodim Joʻrabek Shirinov oʻqigan Peshkoʻ tumanidagi 36-sonli maktabda tadbir tashkil etildi.
Tadbirda "Qoʻriqlash" sohada koʻp yillar davomida ishlab, yurt tinchligi yoʻlida hayotidan ham kechgan safdoshlarini xotirlab, Vatanga sodiq, mard oʻgʻlonni voyaga yetkazganlari uchun marhumning ota-onasi hamda maktab maʼmuriyatiga oʻz minnatdorchiliklarini bildirilib, yurtimiz tinchligi, xonadonlarimizning osoyishtaligi yoʻlida jonidan kechgan vatanparvar oʻgʻlonlarni xalqimiz unutmasligi taʼkidlab oʻtdilar.
Yoshlar qalbida mardlik, jasurlik, shijoat va matonat tuygʻularini kamol toptirish maqsadida oʻtkazilgan vatanparvarlik darsi oʻquvchilarga juda manzur boʻldi.

Close menu