Xotira va qadrlash – muqaddas tuygʻu: fidokor xodimlar xotirasi yodga olindi
9 may – Xotira va qadrlash kuni arafasida Qoʻriqlash Departamenti va uning hududiy boʻlinmalari tomonidan yurtimiz tinchligi, jamoat xavfsizligini taʼminlash yoʻlida fidokorona xizmat qilgan, ammo oʻz xizmat vazifasini bajarish davomida turli sabablar bilan nogiron boʻlib qolgan va bevaqt hayotdan koʻz yumgan fidoyi xodimlarning oila aʼzolari holidan xabar olinmoqda.
Jumladan, bu kabi mehr-saxovat tadbirlari Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Jizzax hamda Xorazm viloyatlari Qoʻriqlash boshqarmasi xodimlari tomonidan «Inson qadri aziz, xotira muqaddas!» shiori ostida oʻtkazildi.
Mazkur tadbirlar doirasida safdoshlarning uylariga tashrif buyurilib, ruhlari yodga olindi va samimiy suhbatlar tashkil etildi. Oila aʼzolariga moddiy va maʼnaviy yordam koʻrsatilib, ularning muammo va ehtiyojlari oʻrganildi. Shu bilan birga, farzandlari taʼlim olishi, turmush sharoiti va kelgusidagi rejalariga oid maslahat va qoʻllab-quvvatlashlar ham berildi.
Bu kabi tashabbuslar Qoʻriqlash xizmati tomonidan anʼanaga aylangan boʻlib, fidokor xodimlarning ezgu xotirasini ardoqlash, ularning oila aʼzolarini eʼzozlash – bugungi kunning muhim vazifalaridan biri sifatida baholanadi.