Yangiliklar

14 Fevral 2025

Adabiy-maʼrifiy kecha va intellektual viktorinalar oʻtkazilmoqda

Surxondaryo va Jizzax viloyatlarida Milliy gvardiya xodimlari ishtirokida Alisher Navoiy tavalludining 584 yilligi hamda Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 542 yilligi munosabati bilan adabiy-maʼrifiy kecha va intellektual viktorinalar oʻtkazildi.
Dastlab, buyuk ajdodlarimizning bebaho ijodiy-ilmiy meroslari nafaqat xalqimiz, balki jahon adabiyoti, milliy madaniyatimiz va adabiy-estetik tafakkurimiz rivojida alohida oʻrin tutganligi taʼkidlandi. A.Navoiy va Z.M.Bobur tarix va adabiyotga qoʻshgan ulkan ezgu ishlari toʻgʻrisida batafsil toʻxtalib oʻtildi.
Shundan soʻng, Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari hamda "Qoʻriqlash" boshqarmasi xodimlari oʻrtasida "Zakovat" intellektual oʻyini oʻtkazildi. Unda jamoalar oʻzbek adabiyoti va maʼnaviyatining yirik namoyandalari hayoti va ijodi haqidagi savollarga javob berib, bilimlarini sinovdan oʻtkazdilar. Shuningdek, insholar tanlovi ham tashkil etildi. Xodimlar ulugʻ mutafakkirlar hayoti va ijodini oʻz taassurotlari orqali bayon etdilar. Tadbir yakunida faol qatnashgan va gʻolib boʻlgan xodimlar ragʻbatlantirildi. 
Aytish kerakki, bu kabi tadbirlar xodimlarning ajdodlarimizning boy maʼnaviy merosini chuqurroq oʻrganishga, ularning maʼnaviy saviyasini oshirishga xizmat qiladi.