Yangiliklar

23 Avgust 2024

Taʼlim muassasalarida xavfsizlikni taʼminlash borasida amalga oshirilishi lozim boʻlgan bir qancha mavzular boʻyicha davra suhbatlari tashkil etib kelinmoqda

Milliy gvardiya Jizzax viloyati "Qoʻriqlash" boshqarmasi hamda Maktabgacha va maktab talimi boshqarmasi bilan hamkorlikda taʼlim muassasalarida xavfsizlikni taʼminlash borasida amalga oshirilishi lozim boʻlgan bir qancha mavzular boʻyicha davra suhbatlari tashkil etib kelinmoqda.
Jumladan, kuni kecha viloyat "Qoʻriqlash" boshqarmasi masʼullari tomonidan yangi oʻquv yili avvalida viloyatdagi mavjud umumtaʼlim maktablarida xizmat olib borayotgan idoraviy qorovullik boʻlinmalari ishchi-xizmatchilarining xizmat vazifalari va majburiyatlarini anglatish, javobgarlik xissini orttirish, oʻquv yili davomida xar qanday ehtimoliy-salbiy holatlarning oldini olish va huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda ishlash koʻnikmalarini yaxshilash yuzasidan uchrashuv tashkil etildi.
Soʻz olganlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining “Idoraviy harbiylashtirilgan qoʻriqlash hamda idoraviy qorovullik boʻlinmalari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori mazmun-mohiyatini yetkazib, begona shaxslarni hududga kirib ketishini aniqlovchi hamda turniket qurilmalarini oʻrnatish, bu orqali maktablarda xavfsizlikni taʼminlash boʻyicha batafsil maʼlumotlar berildi.