Yangiliklar

22 Iyun 2025

Xodimlarning ruhiy salomatligini muhofaza qilish, faoliyat samaradorligini oshirishga qaratilgan oʻquv-seminar hamda trening mashgʻulotlari tashkil etildi

Toshkent viloyati Qoʻriqlash boshqarmasi psixologlari tomonidan shaxsiy tarkib oʻrtasida stressga qarshi sogʻlom immunitetni shakllantirish maqsadida “Stressni boshqarish modeli” mavzusida oʻquv-seminar hamda trening mashgʻulotlari oʻtkazildi.

Tadbir davomida psixologlar tomonidan stress haqida tushunchalar, stressning turlari, uning inson organizmi va ruhiy holatiga taʼsiri haqida maʼlumotlar berildi. Amaliy mashgʻulotlar davomida xodimlar stressni samarali boshqarishning turli xil usullari bilan tanishtirildilar.

Xodimlarda stressga bardoshlilikni oshirish, kasbiy va shaxsiy motivlarni rivojlantirish maqsadida “Qiyoslovchi qafas”, “Hayot gʻildiragi”, “Kim chaqqon”, “Soyabon va tayoqcha” shuningdek “Koʻrinmas sovgʻa va samimiy tilak” nomli psixologik trening mashgʻulotlari oʻtkazildi.

Bundan tashqari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qoʻriqlash boshqarmasining psixolog xodimlari tomonidan ham shaxsiy tarkib orasida stress holatining oldini olish va ularning xizmatga boʻlgan munosabatini yanada oshirish maqsadida "Stressga qarshi sogʻlom psixologik immunitetni shakllantirish" mavzusida trening mashgʻulotlari oʻtkazildi.

Tashkil etilgan oʻquv-seminar va trening mashgʻulotlari shaxsiy tarkibning kasbiy samaradorligini oshirishga, xizmat jarayonilarida, shuningdek ularning shaxsiy hayotlarida ruhiy barqarorliklarini taʼminlashga, hamda xizmat jamoalarida sogʻlom psixologik muxitni shakllantirishga xizmat qildadi.