Yangiliklar

9 Noyabr 2025

Xodimlarning psixologik holatlarini mustahkamlashga qaratilgan trening mashgʻulotlari tashkil etildi

Sirdaryo viloyati Qoʻriqlash boshqarmasi psixologlari tomonidan Sayxunobod tumani Qoʻriqlash boʻlimida xizmat olib borayotgan xodimlar ishtirokida navbatdagi psixologik trening tashkil etildi.

Tadbir xodimlarning psixologik holatini mustahkamlash maqsadida oʻtkazilgan boʻlib, mashgʻulotlar davomida mutaxassislar xodimlarning stressga chidamliligini oshirish, qoʻrquv va tushkunlik holatlarini yengish usullarini oʻzlashtirish, shuningdek, favqulodda vaziyatlarda harakat qilishda oʻziga ishonchni shakllantirishga eʼtibor qaratdilar.

Trening dasturi ham nazariy bloklarni, ham amaliy mashqlarni oʻz ichiga oldi. Bularning barchasi xodimlarga hissiy yuklamalarni samaraliroq yengishga va kasbiy faoliyatda psixologik barqarorlikni saqlashga yordam beradi.