“Shaxslararo munosabatlarda muomalaning oʻrni” hamda “Profayling metodi” mavzularida psixologik-trening mashgʻuloti va davra suhbati oʻtkazildi
Bizga maʼlumki, bugungi kunda xar sohada shiddat bilan rivojlanish oʻzgarishlar kuzatilmoqda. Bular qatoriga ilm-fan sohasini xam qoʻshsak mubolagʻa boʻlmaydi. Kundan kunga psixologiya yoʻnalishida xam yangi metod va uslublar kashf qilinib, ulardan keng koʻlamda foydalanib kelinmoqda. Shu boisdan Milliy gvardiya Xorazm viloyati “Qoʻriqlash” boshqarmasi tizimlarida xizmat qilayotgan xodimlarning psixologik bilimlarini oshirish va ularda psixologik immunitet shakllantirish maqsadida bir qator tizimli ishlar olib borilmoqda. Shunday tadbirlardan biri kuni kecha tashkillashtirilib, xodimlarga “Shaxslararo munosabatlarda muomalaning oʻrni” hamda “Profayling metodi” mavzularida psixologik-trening mashgʻuloti va davra suhbati oʻtkazildi.
Tadbirda Urganch davlat universiteti Pedagogika va psixologiya kafedrasi oʻqituvchilari qatnashib, yuqoridagi uslub va metodlarning ahamiyati, ulardan qay holatlarda va qanday foydalanish lozimligi boʻyicha maʼruza qildilar. Maʼruzachilar tomonidan ishtirokchilarni qiziqtirgan savollariga javoblar berildi.
Qiziqarli oʻtgan tadbir xodimlar oʻzlari uchun kerakli boʻlgan bilim va koʻnikmalarni olishlari bilan bir qatorda qatnashchilarda ijobiy taassurot uygʻotdi.