Vatanparvarlik, sport hamda koʻngilochar tadbirlari oʻtkazildi
Chekka va chegara oldi hududlardagi oʻquvchi yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida Milliy gvardiya, Harbiy prokuratura hamda Mudofaa vazirligi tomonidan hamkorlikdagi tadbirlar oʻtkazilib kelinmoqda.
Andijon viloyati Izboskan tumanidagi Chekyor MFY hududi aholisi hamda 25-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabidagi oʻquvchi yoshlarni Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash va Qurolli Kuchlarimizga qiziqishni oshirish maqsadida vatanparvarlik, sport hamda koʻngilochar tadbirlari oʻtkazildi.
Jumladan, yoshlar uchun qurollar koʻrgazmasi tashkil etilib, Harbiy orkestr tomonidan muhim va kuchli musiqa namoyishlari taqdim etildi. Shuningdek, harbiy chiqishlar ham oʻtkazilib, oʻquvchilarga Qurolli Kuchlarimizning vazifalari va ahamiyati hamda sportning kamondan otish turi boyicha oʻz mahoratlarini sinab, ushbu sport haqida maʼlumot berildi.