Yangiliklar

5 Iyul 2025

Xodimlar uchun "Xodimlar uchun "Ruhiy zoʻriqishlar. Xizmat zoʻriqishlarini oldini olishning psixologik usullari" mavzusida psixologik treninglar tashkil etildi" mavzusida psixologik trening tashkil etildi

Kuni kecha Qoraqalpogʻiston Respublikasi hamda Sirdaryo viloyati Qoʻriqlash boshqarmalari, shuningdek Fargʻona mintaqaviy oʻquv markazida psixolog-mutaxassislari tomonidan xodimlar ishtirokida navbatdagi psixologik treninglar tashkil etildi. Mazkur tadbirlarda kun tartibiga moslashish usullari va uning ish samaradorligiga taʼsiri muhokama qilindi. Jamoadagi shaxslararo munosabatlar va yangi xodimlarning integratsiyasi masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

Bundan tashqari, xizmatdagi va shaxsiy hayotdagi nizolarni tahlil qilish va hal qilish usullari koʻrib chiqilib, kasbiy muhit va shaxsiy muloqotda samarali oʻzaro taʼsir koʻrsatish usullari muhokama qilindi.

Shuningdek tadbirlar doirasida hududiy Ichki ishlar boshqarmalarining Tibbiyot boʻlimlari tajribali mutaxassislari ishtirok etib, xodimlarga xizmatdagi ruhiy bosimlarga qarshi turish, oilaviy munosabatlar, oilaviy nizolarni oldini olish yoʻllari hamda hayotda farovonlikka erishish, haqida hayotiy misollar bilan tushunchalar berildi.

Suhbatlar davomida xodimlar oʻzlarining qiziqtirgan savollariga mutaxassis psixolog tomonidan munosib javoblar oldilar.