Xodimlarning xizmat faoliyati va jamoaviy munosabatlarini mustahkamlashga qaratilgan davra suhbati hamda psixologik treninglar tashkil etildi
Xorazm viloyati Qoʻriqlash boshqarmasi xodimlarining xizmat faoliyati samaradorligini oshirish, jamoaviy munosabatlarni mustahkamlash, ruhiy barqarorlikni taʼminlash maqsadida davra suhbati hamda psixologik trening mashgʻulotlari tashkil etildi.
Mazkur tadbirlar Urganch davlat universiteti professor-oʻqituvchilari hamda boshqarma psixologlari hamkorligida olib borildi. Unda “Shaxs psixologiyasining dolzarb masalalari” mavzusida fikr almashildi, xodimlarning kasbiy faoliyatda uchrashi mumkin boʻlgan ruhiy holatlari va ularni bartaraf etish usullari muhokama qilindi.
Psixologik trening jarayonida xodimlar amaliy mashqlarda faol ishtirok etishdi, oʻz taassurotlari bilan oʻrtoqlashishdi va jamoadagi oʻzaro ishonch va munosabatlarni yanada yaxshilashga qaratilgan koʻnikmalarni shakllantirishdi.