"Stressga qarshi sogʻlom immunitetni shakllantirish" mavzusida trening mashgʻuloti oʻtkazildi
Andijon viloyati Qoʻriqlash boshqarmasi psixologlari tomonidan xodimlar uchun “Stressga qarshi sogʻlom immunitetni shakllantirish” mavzusida trening mashgʻuloti tashkil etildi.
Ushbu trening davomida ishtirokchilar stress holatlarini boshqarish usullari, jismoniy va ruhiy salomatlikni mustahkamlash, hamda psixologik barqarorlikni oshirishga doir muhim bilim va koʻnikmalarga ega boʻlishdi.
Tadbirning asosiy maqsadi — xodimlarda stressga qarshi immunitetni shakllantirish, ish unumdorligini oshirish va ruhiy sogʻlom muhitni yaratishdan iborat boʻldi.
Trening ishtirokchilari amaliy mashqlar va fikr almashinuvlar orqali oʻz tajribalarini boyitib, kundalik hayotda foydalanishi mumkin boʻlgan tavsiyalar bilan tanishishdi.