Yangiliklar

24 Iyul 2025

Xizmat intizomi va qonunchilikka rioya etilishini yanada mustahkamlash, turli noxush holatlarning barvaqt oldini olishga qaratilgan navbatdagi profilaktik tadbir tashkil etildi

Xizmat intizomini mustahkamlash va shaxsiy tarkib faoliyatida qonuniylikni taʼminlash, xizmatni oʻtashda yuzaga kelishi mumkin boʻlgan koʻngilsiz holatlarning barvaqt oldini olish maqsadida navbatdagi profilaktik tadbir oʻtkazildi.

Tadbirda Qoʻriqlash departamenti, Andijon viloyati Qoʻriqlash boshqarmasi rahbariyati, shahar va tuman boʻlinmalari xodimlari ishtirok etdi. Uchrashuv davomida xizmat faoliyatining asosiy jihatlari, jumladan, xizmat intizomiga rioya qilish, ichki tartib-qoidalarni bajarish, xizmatda oʻzini tutish madaniyati, yoʻl harakati qoidalariga rioya qilish, shaxsiy xavfsizlikni taʼminlash va jamoat tartibini saqlash masalalari koʻrib chiqildi.

Har bir xodimning ish samaradorligi nafaqat xizmat faoliyati natijalari bilan, balki qonunchilikka rioya qilish darajasi, shaxsiy masʼuliyati va axloqiy meʼyorlarga rioya qilishi bilan ham baholanadi. Shu munosabat bilan xizmat intizomiga putur yetkazuvchi xatti-harakatlarga yoʻl qoʻymaslik, bu borada rahbarlarning qatʼiy nazorati zarurligiga alohida eʼtibor qaratildi.