IJODIY UCHRASHUV BOʻLIB OʻTDI
Shu yurtda yashab, ijod etgan va etayotgan yozuvchi va shoirlar ijodni yoshlar orasida keng targʻib etish, oʻgʻil-qizlarning yurtiga boʻlgan muhabbatini ortishiga zamin yaratish bilan birga ularni adabiyotga, kitobga boʻlgan qiziqishlarini yanada ortishiga turtki boʻladi.
Andijon shahrida joylashgan Zaxiriddin Muhammad Bobur nomidagi kutubxonada “Adabiyot yashasa, millat yashaydi” shiori ostida kitob mutolaasi, gʻazalxonlik, sheʼriyat hamda Andijon viloyati yozuvchilar uyushmasi aʼzosi yozuvchi shoir Boburshunos Durbek Qoʻldoshevning 75 yilligiga bagʻishlangan ijodiy uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Uchrashuvda Andijon viloyati Yozuvchilar uyushmasi, Andijon davlat universitetining professor va faxriylari, Milliy gvardiya harbiy xizmatchi va xodimlari, Mudofaa vazirligiga qarashli harbiy qismlar, Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabining oʻquvchilari ishtirok etdilar.
Tadbirda ustoz yozuvchi va shoirlarning yodda qolgan hikoyalari, Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi oʻquvchilarining gʻazal va sheʼrlari, yozuvchi hamkasblarining tabriklari bilan yuqori saviyada qiziqarli oʻtkazildi.