Yangiliklar

12 Iyul 2024

Milliy gvardiya tizimlarida kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish, ijodkor va kitobsevarlar xodimlarni qoʻllab quvvatlash hamda "Qoʻriqlash" xizmati saflarida faol kitobxonlar safini kengaytirish maqsadida Alisher Navoiy nomidagi Milliy kutubxonaga sayohat tashkil etildi.

Milliy gvardiya tizimlarida kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish, ijodkor va kitobsevarlar xodimlarni qoʻllab quvvatlash hamda "Qoʻriqlash" xizmati saflarida faol kitobxonlar safini kengaytirish maqsadida doimiy ravishda adabiy kechalar, yozuvchi-olimlar bilan uchrashuvlar tashkil etib kelinmoqda.
Ana shunday uchrashuvlarning navbatdagisi Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubxonasida boʻlib oʻtdi. Tadbirda Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasi aʼzolari ishtirok etishib, Milliy gvardiya xodimlari orasida kitobxonlikni rivojlantirishga qaratilgan chora tadbirlarni olqishlashdi. Yozuvchi Orziqul Ergash va Mansur Jumayevlar, hajvchi shoir Abdurazzoq Obroʻylar kitobsevar oʻzbek xalqining boy tarixiy merosi, oʻzbek adabiyoti namoyondalarining hayoti, ularning qoldirgan boy adabiy meroslari haqida maʼlumotlar berishdi. Ochiq muloqot shaklida oʻtgan uchrashuv davomida Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasi tomonidan chop etilgan yozuvchi Orziqul Ergashning “Tanlangan asarlar” kitobining taqdimoti boʻlib oʻtdi.
Ishtirokchilar oʻrtasida adabiyot mavzusida boʻlgan savol-javoblar esa tadbirga oʻzgacha kayfiyat bagʻishladi. Uchrashuvda faol ishtirok etgan xodimlar kitoblar toʻplamlari bilan taqdirlandilar.
Tadbirning ikkinchi qismida xodimlar Milliy kutubxona faoliyati bilan tanishishdi. Masʼul xodimlar tomonidan kutubxonada mavjud imkoniyatlar, yaratilgan qulayliklar bilan bir qatorda milliy oʻzlikni anglashga doir tarixiy kitoblarning asl nusxalari hamda jahon va milliy adabiyotimizning elektron bazasi tanishtirildi.
Tashkil etilayotgan kitobxonlik tadbirlari, xodimlarning maʼnaviy saviyasi hamda dunyoqarashini oshirishga yordam berishi bilan ahamiyatlidir.