AZIM XIVA SHAHRIGA SAYOHAT TASHKIL ETILDI
Milliy gvardiya Xorazm viloyati "Qoʻriqlash" boshqarmasi xodimlarining boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularning oila aʼzolarini madaniy xordiq olishlarini taʼminlash maqsadida Xiva shahriga sayohat tashkil etildi.
"Ochiq osmon ostidagi muzey" hisoblangan Xiva shahrining qadimiy binolari, muzeylari hamda shahar tarixi bilan yaqindan tanishdilar. Darhaqiqat, bugungi kunda koʻplab sayyohlarni oʻziga jalb qilib kelayotgan ushbu shahar oʻzida qadim tarixni jonli gavdalantiryapti desak mubolagʻa qilmagan boʻlamiz.
Oʻylaymizki, bu kabi tadbirlar oilaviy munosabatlarni yaxshilash bilan bir qatorda xodimlar va ularning oila aʼzolarini madaniy xordiq olishlarini taʼminlab sifatli xizmat olib borishga xizmat qiladi.