Yangiliklar

14 Oktyabr 2024

“Ruhiy salomatlik” mavzusida seminar-trening oʻtkazildi

Milliy gvardiya xodimlarining kasbiy faoliyatida shaxsning jamoaga, xizmat va oddiy hayot tarzidan farq qiluvchi qatʼiy kun tartibi va shaxslararo munosabatlarga kirishish va moslashish alohida oʻrin tutadi.
Turli xil sharoitlarga moslashish va koʻnikma hosil qilish, xodimlarning xizmat faoliyati davomida kasbiy mahoratini oshirish, oldinga qoʻyilgan vazifalarni yakdil, tez osonroq bajarishda trening mashqlarining ahamiyati katta.
Shu munosabat bilan Chirchiq davlat pedagogika universiteti oʻqituvchilari tomonidan Toshkent viloyati Chirchiq shahar "Qoʻriqlash" boʻlimi shaxsiy tarkibi ishtirokida navbatdagi psixologik trening tashkil etildi.
Seminarda ruhiy salomatlikni saqlash, muhofaza qilish va ruhiy salomatlikga shikast yetkazuvchi omillarni oldini olish borasida suhbat jarayoni boʻlib oʻtdi.
Bundan soʻng esa xodimlar bilan Energyzer, yoki faollashtiruvchi oʻyinlar tashkil etildi.
Ushbu seminar trening mashgʻulotidan asosiy koʻzlangan maqsad – xodimlarning kayfiyatini koʻtarish, vatanparvarlik tuygʻusini shakllantirish, kasbga boʻlgan qiziqishlarini yanada oshirish va ruhiy salomatligini saqlashdan iborat.