PSIXOLOGIK TRENING MASHGʻULOTLARIDA XODIMLARNING RUHIY BARQARORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA
Sirdaryo hamda Samarqand viloyatlari "Qoʻriqlash" boshqarmalari psixolog-mutaxassislari tomonidan tizimda xizmat olib borayotgan xodimlarning psixologik holatlarini mustahkamlash, xizmat faoliyatini samarali yoʻlga qoʻyish maqsadida navbatdagi psixologik trening tashkil etildi.
Trening davomida salbiy holatlarni oldini olish, jamoada maʼnaviy-ruhiy muhit barqarorligini taʼminlash, muammoli vaziyatni anglash, bartaraf etish yoʻlini topish, harakatlarga toʻgʻri baho berish kabi muhim maʼlumotlar berildi.
Shuningdek, har bir xodim bilan individual chuqurlashtirilgan psixodiagnostik suhbatlar oʻtkazildi. Aytish kerakki, bu kabi mashgʻulotlar jamoadagi muhitni yaxshilash, xodimlar orasida hamjihatlik va doʻstlikni mustahkamlash, ishchanlik qobiliyatini oshirishga xizmat qilmoqda.