Xodimlar uchun stressga qarshi sogʻlom psixologik immunitetni shaklantirish va ruhiy emotsional holatlarning profilaktikasi bo‘yicha psixologik trening tashkil etildi
Sirdaryo viloyati Qoʻriqlash boshqarmasi va Guliston Davlat universiteti bilan hamkorlikda Yangiyer shaharlararo qoʻriqlash boʻlimida xizmat olib borayotgan xodimlar ishtirokida navbatdagi psixologik trening tashkil etildi.
Unda Guliston davlat universiteti dotsenti, psixologiya fanlari boʻyicha falsafa doktori SH.Fayziyeva ishtirok etdi. Xodimlarning kasbiy faoliyatida shaxsning jamoaga, xizmat va oddiy hayot tarzidan farq qiluvchi qatʼiy kun tartibi va shaxslararo munosabatlarga kirishish va moslashish alohida oʻrin tutadi. Bunda xodimlar va ularning oila aʼzolari oʻrtasida xizmat faoliyati davomida va oilaviy munosabatlarda hamda doʻstlari davrasida yuzaga keladigan qiyinchiliklar va ziddiyatlarning mohiyatini tahlil qilish va hal etish, oʻz oldiga yangi maqsadlarni qoʻyish va mustaqil qarorlar qabul qilishda muayyan yordam koʻrsatishdan iborat ekanligini koʻrishimiz mumkin.
Turli xil sharoitlarga moslashish va koʻnikma hosil qilish, xodimlarning xizmat faoliyati davomida kasbiy mahoratini oshirish, oldinga qoʻyilgan vazifalarni yakdil, tez, osonroq bajarishda ushbu trening mashqlarining ahamiyati katta.