“Stress profilaktikasi” mavzusida psixologik trening tashkil etildi
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi mintaqaviy oʻquv markazi doimiy va oʻzgaruvchan shaxsiy tarkibi ishtirokida “Stress profilaktikasi” mavzusida psixologik trening tashkil etildi.
Unda markaz psixologi mayor R.Tileumuratov va "Qoʻriqlash" boshqarmasi psixologi katta leytenant A.Saparniyazov hamda Qoraqalpoq davlat universiteti psixologiya kafedrasi katta oʻqituvchisi X.Yuldashova ishtirok etib, boshlangʻich tayyorgarlik darslarida qatnashayotgan safdor xodimlar bilan axloqiy-ruhiy holatni barqarorlashtirish, jangovar ruxini oshirish, jamoaviy jipslikni oshirish hamda xizmat sifatini yaxshilash, kasbiy mahorati va psixologik koʻnikmalarini oshirib borish maqsadida proyektiv metodikalar, yakka tartibda suhbatlar va mashgʻulotlar olib borildi.
Kasbiy malaka va koʻnikmalarni rivojlantirishning psixologik jihatlarini psixokorreksion darslar orqali ochib berish hamda kelgusida uchrashi mumkin boʻlgan turli psixologik toʻsiqlarni bartaraf etishga qaratilgan trening xodimlarga hayoti va faoliyatida, oilasida, doʻstlari davrasida yuzaga keladigan muammolar va ziddiyatlar mohiyatini tahlil qilish, hal etish, shuningdek, oʻz oldiga yangi maqsadlarni qoʻyish va mustaqil qarorlar qabul qilishda muayyan yordam koʻrsatishiga ishonamiz.