Yangiliklar

16 Sentyabr 2024

Shaxsiy tarkibning ruhiy holatini oʻrganish va xizmat mobaynida ruhiy zoʻriqishni oldini olishga qaratilgan psixologik davra suhbati tashkil etildi

Toshkent viloyati "Qoʻriqlash" boshqarmasi hamda Chirchiq davlat pedagogika universiteti mutaxassis psixologlari Bekobod tumanlararo "Qoʻriqlash" boʻlimi shaxsiy tarkibi bilan xizmat mobaynida psixologik zoʻriqishlarni oldini olish boʻyicha seminar trening tashkil etildi.
Unda stress profilaktikasi mashgʻuloti, shaxsning asab tizimini tinchlantiruvchi autogen trening mashgʻulotlari, xodimlarning shaxsiy statuslariga doimo adekvat holatda boʻlishlarini taʼminlovchi ijtimoiy-psixologik mashgʻulotlar oʻtkazildi.
Shuningdek, treningda shaxsiy tarkib shaxslararo muloqotga kirishganda ishlatiladigan birinchi soʻzlar qanchalik tabiiy va tushunarli boʻlsa, ular bilan samimiy muloqot shunchalik tez oʻrnatilishi va oson rivojlanishi turli oʻyinlar hamda hayotiy misollar orqali tushuntirildi.
Mashgʻulot yakunida xodimlarning qiziqtirgan savollari yuzasidan atroflicha javoblar berib oʻtildi.

Close menu