OʻQUVCHILAR UCHUN OCHIQ ESHIKLAR KUNI TASHKIL ETILDI
Oʻsib kelayotgan yosh avlodning har tomonlama maʼnan va jismonan chuqur aqliy bilimga ega boʻlishlari uchun yurtimizda barcha qulay imkoniyatlar yaratib berilgan.
Yoshlarimizning ushbu imkoniyatlardan unumli foydalangan holda harbiy-vatanparvarlik ruhida kamol topib, kasb tanlashda adashmasdan, dunyoviy bilimlarni toʻliq oʻzlashtirishlarida esa, yurtimiz himoyachilarining ham oʻrni beqiyos.
Shu maʼnoda, Milliy gvardiya Namangan viloyati boʻyicha boshqarmasi hamda "Qoʻriqlash" boshqarmasi tomonidan maktablarning 300 dan oshiq oʻquvchilari uchun ochiq eshiklar kuni tashkil etildi.
Tadbir davomida yoshlarning Milliy gvardiya faoliyati bilan tanishishlari uchun harbiy qism boʻylab sayohat tashkil etilib, qurol-yorogʻlar hamda harbiy texnikalar namoyishi boʻlib oʻtdi.
Shundan soʻng, Milliy gvardiya xodimlari yigʻilganlarga xizmat itlari bilan koʻrgazmali chiqishlari hamda kamondan otish sporti boʻyicha olib borilgan mashgʻulotlar barchada katta qiziqish uygʻotdi. Yoshlar uchun tashkil etilgan namoyishlar oʻquvchilarning qalbida kelajakda harbiy boʻlish istagining paydo boʻlishiga xizmat qilgan boʻlsa ajabmas.
Tadbirni oʻtkazishdan maqsad, yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalab, harbiy xizmatchilar uchun yaratilgan imkoniyatlar, sohadagi yutuqlar, xodimlarning sportda va faoliyatda erishgan yutuqlari bilan yaqindan tanishtirishdan iborat.