«Xavfsiz maktab» tamoyili doirasida manzilli chora-tadbirlar belgilab olindi
Toshkent shahar "Qoʻriqlash" boshqarmasi boshligʻi polkovnik K.A.Shodibekov hamda shahar Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi boshligʻi N.K.Xusanbayeva boshchiligida poytaxtimizdagi 324 ta oʻrta taʼlim maktablarida xizmat qilayotgan qorovullar ishtirokida uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Mazkur yigʻilishda joriy yilning 5 fevral kuni Davlatimiz rahbarining "Voyaga yetmaganlar oʻrtasida qonunbuzarliklar profilaktikasi tizimini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi PQ-55-sonli Qarori talablarini bajarish, huquqbuzarliklar sodir etilishini oldini olish hamda "Xavfsiz maktab" konsepsiyasi asosida ishlash tizimini taʼminlash maqsadida bir qator vazifalar belgilab olindi. Shu bilan bir qatorda, qorovullarga maxsus vositalar bilan ishlash tartibi toʻgʻrisida yoʻriqnoma va tushunchalar berilib, ularni maxsus xizmat kiyimi bilan taʼminlash masalalari hal etildi.
Tadbir yakunida ishtirokchilarga kun mavzusiga doir bir qator vazifa va koʻrsatmalar berildi.