FUNKSIONAL KOʻPKURASH (KROSSFIT) BOʻYICHA GʻOLIBLAR ANIQLANDI
Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining oʻttiz uch yilligi oldidan “Bir boʻlsak – yagona haqmiz, birlashsak - Vatanmiz” shiori ostida Milliy gvardiya boʻlinmalari harbiy xizmatchi va xodimlari oʻrtasida Oʻzbekiston Funksional koʻpkurash federatsiyasi sport majmuasida musobaqa oʻtkazildi. Undan koʻzlangan maqsad boʻlinmalarda jismoniy tayyorgarlik mashgʻulotlariga “FUNKSIONAL koʻpkurashni” kiritish, harbiy xizmatchilar va xodimlar orasida funksional koʻpkurashni keng targʻib qilish boʻyicha yoʻl xaritasida belgilab berilgan vazifalarni ijrosini taʼminlashdan iborat.
Musobaqada Milliy gvardiya Toshkent shahar va viloyati boʻyicha boshqarmalari, Toshkent shahar "Qoʻriqlash" boshqarmasi, Oʻzbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti terma jamoalari ishtirok etishdi.
Unda harbiy xizmatchi va xodimlar funksional koʻpkurash boʻyicha bugungacha erishgan jismoniy tayyorgarligini sinovdan oʻtkazishdi.
Oʻtkazilgan musobaqa yakuni biyicha 1 oʻrinni Toshkent shahar "Qoʻriqlash" boshqarmasi jamoasi qoʻlga kiritishdi.
Albatta, mazkur musobaqalar orqali funksional koʻpkurash biyicha Milliy gvardiya terma jamoasi shakllantiriladi.