Milliy gvardiya kinolog-mutaxassislarining xizmat koʻpkurashi boʻyicha ochiq musobaqasi gʻoliblari aniqlandi
Bugun Bojxona qoʻmitasining Milliy kinologiya markazida Milliy gvardiya qoʻmondonligi, Bojxona qoʻmitasi rahbariyati, shuningdek, Rossiya Federatsiyasi, Xitoy, Belarus va Qozogʻiston respublikalari huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari hamda kinolog-mutaxassislar ishtirokida Milliy gvardiya kinolog-mutaxassislarining xizmat koʻpkurashi boʻyicha ochiq musobaqasining tantanali taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi.
Dastlab "Toʻsiqlarni yengib oʻtish", "Umumiy tayyorgarlik", "Xizmat biatloni", "Eng yaxshi kinolog-mutaxassis" va "Eng yaxshi 4 oyoqlik doʻst" yoʻnalishlarida gʻoliblar aniqlandi.
Yakuniy natijalarga koʻra umumjamoa hisobida faxrli 1 oʻrinni Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi "Qoʻriqlash" bosh boshqarmasi jamoasi, 2 oʻrinni Belarus Respublikasi, 3 oʻrinni Xitoy Xalq Respublikasi jamoasi qoʻlga kiritdi.
Eslatib oʻtamiz, musobaqada 12 ta jamoadan 27 nafar ishtirokchi oʻz mahoratlarini namoyish etgan holda, 5 kun davomida shartli jinoyatchini ushlash, umumiy mashq, xizmat biatloni, iz qidiruv hamda toʻsiqlarni yengib oʻtish shartlarida bellashishdi.