Yangiliklar

7 May 2023

OLOVLI YILLARGA BOY BERILGAN XOTIRALAR YODI

Samarqand viloyati "Qo‘riqlash" boshqarmasi xodimlari 9 May – Xotira va qadrlash kuni bayrami munosabati bilan ikkinchi jahon urushi qatnashchilari holidan xabar olishdi.

Xususan, ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, Nurobod tumani “Uyrug‘ul” mahallasida istiqomat qiluvchi 103 yoshli Abdurahmon ota Obilovning xonadoniga tashrif buyurildi.

Urush davridagi dahshatli voqealarni, og‘ir yo‘qotishlarni xotirlar ekan, Abdurahmon ota bugungi tinch va farovon kunlarimizga shukrona keltirdi. Otaning mashaqqatli kechgan hayot yo‘llari bugungi avlod uchun katta ibrat maktabi desak, adashmagan bo‘lamiz.

Urush xotiralari esa yoshlarni hamisha tinch va osoyishta yurtning qadriga yetishga, qalblarda shukronalik hissini oshirishga xizmat qiladi.