“Kibermadaniyatni yuksaltirish oyligi” doirasidagi kompleks targʻibot-tashviqot tadbirlarining navbatdagi Milliy gvardiya Xorazm viloyati "Qoʻriqlash" boshqarmasida oʻtkazildi
Barchamizga maʼlumki, bugungi kunda hayotimizni ijtimoiy tarmoqlarsiz tasavvur qilish qiyin. Bank plastik kartalari bilan foydalanish esa hayotimizning ajralmas qismiga aylanib ulgurgan. Mazkur yoʻnalishda kiberjinoyatlarning sodir etilishi esa yurtdoshlarimizga chin maʼnoda muammolarni keltirib chiqarmoqda. Ushbu tarmoq boʻyicha yangiliklarni shaxsiy tarkibga yetkazish maqsadida IIV Tezkor-qidiruv departamenti Kiberxavfsizlik Markazi, Viloyat IIB Kiberxavfsizlik boʻlimi, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki kiberxavfsizlik markazi masʼullari "Qoʻriqlash" boshqarmasida boʻldilar.
Tadbir davomida “Kibermadaniyatni yuksaltirish oyligi” doirasida kiberjinoyatlarning yangi turlari, ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilayotgan soxta havolalar va virusli dasturlardan himoyalanish toʻgʻrisida maʼlumotlar berildi. Shaxsiy tarkibga xizmat faoliyati davomida internetdagi tahdidlardan ogohlantiruvchi choralarga rioya qilish juda muhimligi, hozirgi vaqtda internet va ijtimoiy tarmoqlarda sodir etilayotgan jinoyatlar salmogʻi keskin ravishda oshib borayotganligi, internetda har doim ehtiyotkorlik bilan harakat qilish va shaxsiy maʼlumotlarni himoya qilish yuzasidan tushuntirishlar berib oʻtdilar.
Oʻtkazilgan tadbir davomida ishtirokchilarga kibersavodxonlikni oshiruvchi video roliklar qoʻyib berilib, tarqatma materiallar tarqatildi.