"Oila: ijtimoiy psixologik muammolarning oʻzaro munosabatlarga taʼsiri" mavzusida navbatdagi psixologik amaliy trening oʻtkazildi
Fargʻona viloyati “Qoʻriqlash” boshqarmasi psixolog-mutaxassislari tomonidan doimiy ravishda shaxsiy tarkib ishtirokida psixologik trening mashgʻulotlari olib borilib, bunda xodimlar va ularning oila aʼzolari oʻrtasida sogʻlom, maʼnaviy-ruhiy muhitni kamol toptirish, xizmat faoliyati davomida yuzaga keladigan muammoli vaziyatlarni oʻz vaqtida bartaraf etish kabi masalalarga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Kuni kecha xodimlarning xizmat faoliyati davomida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan muammoli vaziyatlarni toʻgʻri baholash, oilada sogʻlom ruhiy muhitni shakllantirishda koʻmaklashish maqsadida "Oila: ijtimoiy psixologik muammolarning oʻzaro munosabatlarga taʼsiri" mavzusida navbatdagi amaliy trening oʻtkazildi.
Trening davomida salbiy holatlarni oldini olish, oilada maʼnaviy-ruhiy muhit barqarorligini taʼminlash, muammoli vaziyatni anglash, bartaraf etish yoʻlini topish, harakatlarga toʻgʻri baho berish kabi muhim maʼlumotlar berildi.
Aytish kerakki, bu kabi mashgʻulotlar oila va jamoadagi muhitni yaxshilash, xodimlar orasida hamjihatlik va doʻstlikni mustahkamlash, ishchanlik qobiliyatini oshirishga xizmat qilmoqda.