Yangiliklar

8 Yanvar 2024

XIZMATNI TASHKILLASHTIRISH BORASIDAGI DOLZARB VAZIFALAR MUHOKAMA ETILDI

Milliy gvardiya Jizzax viloyati "Qoʻriqlash" boshqarmasida xodimlarning xizmat intizomini yaxshilash va ular tomonidan sodir etilishi mumkin boʻlgan koʻngilsizliklarning oldini olish, shuningdek xodimlarning huquqiy ongini oshirish maqsadida uchrashuv oʻtkazildi.
Soʻzga chiqqanlar oʻtgan 2023 yilda ayrim xodimlar tomonidan yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar sarhisob qilindi va bu kabi kamchiliklar qayta takrorlanmasligi uchun masʼul rahbarlarga topshiriqlar berildi.
Har bir viloyat misolida olib borilgan ishlar, shaxsiy tarkibning faoliyatini samarali tashkil etish borasidagi tadbirlar tahlil qilindi. Ishonchli qoʻriqlovni taʼminlash davomida xodimlarning ish vaqtlarini aniq taqsimlash, ularni qonunchilikdagi yangiliklar bilan doimiy tanishtirib borish, xizmat yoʻriqnomasi va ish hujjatlar yurituvini amalga oshirishda eʼtiborni qaratish lozim boʻlgan jihatlar xususida toʻxtalib oʻtildi.
Tadbir soʻngida namunali xizmatlari bilan oʻrnak boʻlgan bir qator xodimlarning ota-onalariga boshqarma boshligʻining tashakkurnomalari topshirildi.