Xizmat intizomini mustahkamlash borasidagi chora-tadbirlar muhokama etildi
Surxondaryo viloyati Qoʻriqlash boshqarmasida IIV huzuridagi Qoʻriqlash departamenti boshligʻining kadrlar va tarbiyaviy ishlar boʻyicha oʻrinbosari polkovnik B.Jumayev boshchiligida yigʻilish boʻlib oʻtdi.
Unda oʻtgan davr mobaynida xodimlar tomonidan qayd etilgan qoidabuzarlik holatlari tahlil qilindi, ularning sabablari va kelgusida bunday holatlarni oldini olish boʻyicha aniq chora-tadbirlar belgilab olindi. Xodimlarga xizmat intizomi, ichki tartib-qoidalarga qatʼiy rioya qilish, xizmat davomida oʻzini namunaviy tutish, qonunchilik talablariga toʻliq amal qilish zarurligi yana bir bor eslatib oʻtildi.
Shuningdek, har bir boʻlim va postlarda profilaktik ishlar kuchaytirilishi, nazorat va tahlil mexanizmlari takomillashtirilishi belgilab qoʻyildi. Yigʻilish yakunida masʼullarga aniq vazifalar yuklatildi.