Muzeylar haftaligi doirasida maʼnaviy-maʼrifiy sayohatlar tashkil etilmoqda
Maʼlumki, joriy yilning 2-8 sentabr kunlari Oʻzbekiston Respublikasi boʻylab "Muzeylar haftaligi" deb eʼlon qilindi. Ushbu muhim tadbir doirasida mamlakatimiz boʻylab muzeylarga boʻlgan qiziqishni oshirish, moddiy va maʼnaviy merosimizni keng targʻib etish maqsadida turli madaniy-maʼrifiy loyihalar amalga oshirilmoqda.
Shu munosabat bilan, Xorazm viloyati Qoʻriqlash boshqarmasi xodimlari uchun qadimiy va betakror Xiva shahriga sayohat tashkil etildi. Sayohat davomida ishtirokchilar Ichan-Qalʼa davlat muzey-qoʻriqxonasi, undagi tarixiy yodgorliklar, hunarmandchilik anʼanalari va milliy meros bilan yaqindan tanishdilar. Ushbu sayohat xodimlarning kasbiy bilim va tafakkurini boyitish, yurtimizning tarixiy qimmatliklariga nisbatan hurmat va ehtirom tuygʻusini mustahkamlashga xizmat qildi.
Bundan tashqari, shaxsiy tarkibning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish, tariximizga oid bilimini yanada mustahkamlash maqsadida Navoiy viloyati Qoʻriqlash boshqarmasi xodimlari uchun Navoiy shahridagi Qatagʻon qurbonlari xotirasi muzeyiga ekskursiya tashkil etildi.
Muzeyda xodimlar Vatanimizning tarixiy oʻtmishi, tinchligimiz yoʻlida jon fido qilgan ota-bobolarimiz haqida batafsil tushunchalarga ega boʻlishdi. Mazkur tadbirlardan koʻzlangan asosiy maqsad, xodimlarimizning bilim saviyalarini yana oshirish, ulardagi Vatanimiz tarixiga oid bilimlarini yanada mustahkamlashdan iborat.