TIL – DAVLAT TIMSOLI
Oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 34 yilligi munosabati bilan butun mamlakatimiz boʻylab turli bayram tadbirlari, anjuman va uchrashuvlar oʻtkazilmoqda. Jumladan, Milliy gvardiya Namangan viloyati boʻyicha boshqarmasi hamda "Qoʻriqlash" boshqarmasi harbiy xizmatchilari va xodimlari Toʻraqoʻrgʻon tumanidagi Is’hoqxon Ibrat ijod maktabida oʻquvchilar tomonidan tayyorlangan "Ona tilim – oʻzingsan buyuk" mavzusidagi badiiy kechaga tashrif buyurishdi. Ushbu tadbirda maktab oʻquvchilari oʻzlarining turli sahna koʻrinishlari, shaxsiy ijod namunalari va sof oʻzbek tilida bitilgan toʻrtlik hamda misralari bilan faol ishtirok etishdi.
Shundan soʻng, "Qoʻriqlash" boshqarmasi xodimlari tomonidan Namangan shahridagi 1-sonli umumtaʼlim maktabida "Til – millat koʻzgusi" mavzusida oʻquvchi yoshlar bilan davra suhbati oʻtkazildi. Shuningdek, ushbu tadbirda yozuvchilar uyushmasi aʼzolari va mutaxassis oʻqituvchilar ishtirok etib, oʻzbek tilining naqadar jilovdor boy ekanligini toʻgʻrisida oʻzlarining maʼruzalarini oʻqib eshittirishdi.