Qoʻriqlash xizmati xodimlari uchun sayohat uyushtirildi
Samarqand viloyati Qoʻriqlash boshqarmasining xodimlarining xizmatdan boʻsh vaqtlarida madaniy xordiq chiqarishlari, vaqtlarini mazmunli oʻtkazishlari uchun chora-tadbirlar belgilab olingan. Rejaga koʻra xodimlar ishtirokida turli sport musobaqalari va maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar oʻtkazib kelinadi.
Uyushtirilgan navbatdagi tadbir doirasida Samarqand shahar Qoʻriqlash boʻlimi xodimlari Samarqand shahrining diqqatga sazovor joylariga sayohat qilishdi. Sayohatchilar koʻhna kentning yuragi hisoblanmish Registon ansamblida boʻlib, Sherdor, Mirzo Ulugʻbek hamda Tillakori madrasalarini tomosha qilishdi. Sayohatchilar Tillakori madrasasidagi muzeydan joy olgan eksponatlar bilan yaqindan tanishib, meʼmoriy majmua toʻgʻrisida oʻzlarini qiziqtirgan maʼlumotlarga ega boʻlishdi.
Albatta, tarixsiz kelajak yoʻq. Bu kabi tadbirlar qoʻriqlash xizmati xodimlarining oʻtmishi sharafli, buguni saodatli, kelajagi buyuk boʻlgan Samarqand shahrining qolaversa, yurtimiz tarixini oʻrganishga boʻlgan qiziqishini oshishida muhim oʻrin tutadi.