Yangiliklar

8 Dekabr 2023

KONSTITUTSIYA – BAXTIMIZ QOMUSI

Konstitutsiya xalqimiz xohish-irodasini ifoda etgan xalqchil hujjatdir. Unda belgilangan har bir modda inson shaʼni, qadr-qimmati, huquq va erkinliklari taʼminlanishi kafolatidir. Shuning uchun konstitutsion savodxonlik muhim ahamiyatga egadir.

Kuni kecha Andijon shahridagi Z.M.Bobur nomli kutubxona markazida Milliy gvardiya Andijon viloyati boʻyicha boshqarmasi, "Qoʻriqlash" boshqarmasi xodimlari ishtirokida “KONSTITUTSIYA – baxtimiz qomusi” mavzusida insholar tanlovi oʻtkazildi.

Tanlovda ishtirokchilar Konstitutsiyamiz yaratilish tarixi va bugungi yangilangan Konstitutsiyamizning fuqarolar hayotidagi oʻrni yuzasidan oʻz insholarida yoritib berdilar.

Koʻrik tanlov yakuniy natijalariga koʻra ishtirokchilar Milliy gvardiya Andijon viloyati boʻyicha boshqarmasi qoʻmondonligi tomonidan taqdirlandilar.