Yangiliklar

12 Aprel 2023

KONSTITUSIYA – IJTIMOIY NORMALAR ASOSINI TASHKIL ETADIGAN MUHIM HUJJAT

Kuni kecha Milliy gvardiya Qoraqalpog‘iston Respublikasi mintaqaviy o‘quv markazida markazning doimiy va o‘zgaruvchan shaxsiy tarkibi hamda respublika adliya vazirligining mas’ul xodimlari ishtirokida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Konstitusiyasining 30 yilligi munosabati bilan “Konstitusiya baxtimiz qomusi” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

So‘z olganlar Konstitusiya avvalo inson manfaatlarini ko‘zlagan holda belgilangan normalar asosini tashkil etishi hamda barcha moddalar tub zamirida fuqarolarning huquq va erkinliklari, shuningdek, ularning majburiyatlari ham aniq belgilab qo‘yilganligini ta’kidladilar.

Oliyjanob Qoraqalpoq xalqining erkinliklarini ifodasi bo‘lgan ushbu hujjatda barcha ijtimoiy normalar tartibga solingan bo‘lib, mustahkam qo‘shnichilik aloqalari, azaliy qardoshlik rishtalari kabi muhim yo‘nalishlar borasida ham so‘z yuritildi.